20/10/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston 20 ta xorijiy davlatlarga qiymati 7,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 8,3 ming tonna qalampir eksport qilgan.

Qalampir eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,1 ming tonnaga kamaygan.

2022-yilning 9 oyida Oʻzbekiston qalampir mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 5,5 ming tonna

Qirgʻiz R. – 990 tonna

Rossiya – 685 tonna

AQSH – 219,4 tonna

Germaniya – 203,3 tonna

 

Xorijga eng koʻp qalampir eksport qilgan hududlar:

Surxondaryo viloyati – 2,2 ming tonna

Fargʻona viloyati – 1,4 ming tonna

Jizzax viloyati – 787 tonna