20/10/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijdan qiymati 144,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2 178 575 dona mobil telefon import qilingan.

Oʻzbekistonga mobil telefonlar importi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 255 621 taga oshgan.

Oʻzbekiston 9 oy mobaynida mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

Xitoy – 1,6 mln. dona

BAA – 247,4 ming dona

Vyetnam – 156,5 ming dona

Hindiston – 153,8 ming dona

Qozogʻiston – 25,4 ming dona

Koreya – 2,1 ming dona