19/10/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-oktyabr holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,8 mln. kishini tashkil etmoqda.

Mamlakatimiz aholisi yil boshidan buyon har oyda oʻrtacha 61,1 ming kishiga koʻpaygan.

2022-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 2 ming kishiga koʻpaymoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholi soni boʻyicha MDHda uchinchi oʻrinda.