19/10/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan qiymati 51,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 629 dona elektromobillar import qilgan.

2022-yilning sentabr oyida 130 ta elektromobil import qilingan.

Oʻzbekiston joriy yilning 9 oyida eng koʻp elektromobillar import qilingan davlatlar:

Xitoy – 1 422 dona

BAA – 111 dona

Germaniya – 41 dona

Gonkong – 31 dona

Litva – 10 dona

Koreya – 7 dona

Boshqa davlatlar– 7 dona