13/10/2022

Davlat statistika qoʻmitasi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston qiymati qariyb 760,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,2 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 169 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 9 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:

meva va rezavorlar – 257 ming tonna

quritilgan meva va rezavorlar – 30,2 ming tonna

sabzavotlar – 657 ming tonna

piyoz – 171 ming tonna

karam – 131 ming tonna

pomidor – 60 ming tonna

uzum – 126 ming tonna

mayiz – 53,4 ming tonna

yeryongʻoq – 13,4 ming tonna

tarvuz-qovun – 129,2 ming tonna