06/10/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 20,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 117 ming dona televizor eksport qilgan.

Televizor eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 61 mingtaga oshgan.

Oʻzbekiston 8 oyda eng koʻp televizor eksport qilingan davlatlar:

Rossiya – 62 062 ta

Ozarbayjon – 35 394 ta

Qozogʻiston – 10 982 ta

Turkmaniston – 2197 ta

Tojikiston – 2133 ta

Qirgʻiz R. – 1489 ta

Armaniston – 1168 ta