05/10/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 4,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,0 ming tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.

Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 294,2 tonnaga oshgan.

Oʻtgan 8 oy mobaynida import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarinining eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:

Rossiya – 605 tonna

Qozogʻiston – 325 tonna

Fransiya – 33,5 tonna

Litva – 28,6 tonna

Belorus – 27,4 tonna

Italiya – 0,2 tonna

Niderlandiya – 0,1 tonna