Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida 13 ta davlatga qiymati 22 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.
Gilam eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 mln AQSH dollariga kam.
2022-yilning 8 oyida Oʻzbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:
Qirgʻiz R. – 12,7 mln.
Ozarbayjon – 3 mln.
Afgʻoniston – 2,2 mln.
Rossiya – 2,2 mln.
Qozogʻiston – 843 ming
AQSH – 358 ming
Tojikiston – 305 ming
AQSH dollari