04/10/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida 20 ta xorijiy davlatga qiymati 187 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 177 ming tonna polietilen eksport qilgan.

Polietilen eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 36,2 ming tonnaga kamaygan.

2022-yilning 8 oyida Oʻzbekiston eng koʻp polietilen eksport qilgan davlatlar:

Turkiya – 61 ming tonna

Xitoy – 35 ming tonna

Latviya – 32 ming tonna

Rossiya – 23 ming tonna

Qozogʻiston – 15 ming tonna

Buyuk Britaniya – 3,8 ming tonna

Gruziya – 2,5 ming tonna