29/09/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 096,5 ming tonna suvsiz ammiak ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 108,6 % ni tashkil etdi.

Shuningdek, 2022-yil yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan suvsiz ammiak ishlab chiqarish boʻyicha eng yuqori ulush Navoiy viloyati hissasiga (48,5 %) toʻgʻri kelib, ishlab chiqarish hajmi 1 096,5 ming tonnani tashkil etdi.