29/09/2022

 

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 3 419,5 ming tonna koʻmir ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,4 % ni tashkil etdi.

Shuningdek, 2022- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan koʻmir ishlab chiqarish boʻyicha eng yuqori ulush Toshkent viloyati hissasiga (95,1 %) toʻgʻri kelib, ishlab chiqarish hajmi 3 251,7 ming tonnani tashkil etdi.