28/09/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 123 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 925 876 dona mobil telefon import qilingan.

Oʻzbekiston 13 ta davlatdan telefon import qilgan.

Oʻzbekiston 8 oy mobaynida mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

Xitoy – 1,4 mln. dona

BAA – 239 ming dona

Vyetnam – 148 ming dona

Hindiston – 127 ming dona

Qozogʻiston – 25 ming dona

Koreya – 2,1 ming dona