27/09/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 19 ta xorijiy davlatlarga qiymati 6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 7 ming tonna qalampir eksport qilgan.

Qalampir eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming tonnaga kamaygan.

2022-yilning 8 oyida Oʻzbekiston qalampir mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 4,4 ming tonna

Qirgʻiz R. – 866 tonna

Rossiya – 599 tonna

AQSH – 219,4 tonna

Germaniya – 161 tonna

Xorijga eng koʻp qalampir eksport qilgan hududlar:

Surxondaryo viloyati – 1,7 ming tonna

Fargʻona viloyati – 1,2 ming tonna

Jizzax viloyati – 777 tonna