27/09/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022 yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 3,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 27 627 dona gaz plitalar import qilingan.

Gaz plitalar importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1905 donaga kamaygan.

Oʻzbekiston 14 ta davlatdan gaz plita import qilgan.

Oʻzbekiston 8 oy mobaynida eng koʻp gaz plitalarni import qilgan davlatlar:

Xitoy – 11,4 mingta

Belarus – 11,3 mingta

Turkiya – 3,3 mingta

Polsha – 554 dona

Italiya – 424 dona

Sloveniya – 216 dona