Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga qiymati 62,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,5 mln. tonna sement import qilingan.
Sement importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 423 ming tonnaga kamaygan.
2022 yilning 8 oyida oyida Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
Tojikiston – 625 ming tonna
Qirgʻiz R. – 458 ming tonna
Qozogʻiston – 409 ming tonna
Turkmaniston – 11,5 ming tonna
Eron – 9,8 ming tonna
Xitoy – 1,4 ming tonna
Rossiya – 850 tonna