Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati qariyb 22,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 46,7 ming tonna olxoʻri eksport qilgan.
Olxoʻri eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 28,1 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 8 oyida Oʻzbekiston eng koʻp olxoʻri eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 28,2 ming tonna
Rossiya – 16,4 ming tonna
Qirgʻiz R. – 1,9 ming tonna
Belarus – 102,2 tonna
2022-yilning 8 oyida xorijga eng koʻp olxoʻri eksport qilgan hududlar:
Fargʻona viloyati – 15,5 ming tonna
Surxondaryo viloyati – 6,7 ming tonna
Samarqand viloyati – 5,5 ming tonna