Joriy yilning 23-sentabr kuni, Guliston shahar hokimligida “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonuning mazmun-mohiyati, hamda Sirdaryo viloyati hokimining 2022-yil 13-sentabrdagi 336-9-0-Q/22-sonli "Viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish, tizim samaradorligini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi qarori yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida Guliston shahar statistika bo‘limi boshlig‘i A.Qurbonov tomonidan tadbirkorlik subyektlariga O‘zbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-sonli qonuni mazmun mohiyati va uni prinsiplari, yangi qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonlariga, “Rasmiy statistika” tushunchasini kelib chiqish tarixi, “Rasmiy statistika” qaysi mezonlarga javob berishi kerakligi to‘g‘risida ma`lumot berdi.
Shuningdek seminarda boshqarma xodimi G.Ismailova tomonidan Sirdaryo viloyati hokimining "Viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tizim samaradorligini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi qarori mazmun mohiyati yuzasidan tushuntirish berib o‘tdi.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga boshqarma xodimlari tomonidan javob berildi.