Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonda 187 610 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 66 019 taga oshgan.
2022 yilning yanvar-avgust oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
Avtomobil benzini – 768,8 ming tonna
Koʻmir – 3,4 mln. tonna
Neft – 519,4 ming tonna
Gaz kondensati – 864,8 ming tonna
Yengil avtomobillar – 187 610 dona
Avtobus – 713 dona
Yuk avtomobillari – 2 784 dona
Avtomobil dvigatellari – 145,9 ming dona