19/09/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022 yilning yanvar-avgust oylarida 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 2,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2,7 ming tonna limon eksport qilgan.

Limon eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 85 tonnaga kamaygan.

2022 yilning 8 oyida Oʻzbekiston eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 1,7 ming tonna

Qozogʻiston – 636 tonna

Qirgʻiz R. – 303 tonna

Xorijga eng koʻp limon eksport qilgan hududlar:

Fargʻona viloyati – 1,1 ming tonna

Xorazm viloyati – 511 tonna

Toshkent viloyati – 374 tonna

Namangan viloyati – 227 tonna