19/09/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022 yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 33,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 119,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 50,1 ming tonna (71,8 %)ga koʻpaygan.

Oʻzbekiston 2022 yilning 8 oyida eng koʻp qovun va tarvuz eksport qilingan davlatlar:

Qozogʻiston – 53,6 ming tonna

Rossiya – 26,9 ming tonna

Qirgʻiziston – 19,9 ming tonna

Tojikiston – 12,2 ming tonna

Latviya – 2,4 ming tonna

Belarus – 2,3 ming tonna