16/09/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 46,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 499 dona elektromobillar import qilgan.

Joriy yilda elektromobillar importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1 003 donaga koʻpaygan.

Oʻzbekiston joriy yilning yanvar- avgust oylarida mobaynida eng koʻp elektromobillar import qilingan davlatlar:

Xitoy – 1,3 ming dona
BAA – 110 dona
Germaniya – 34 dona

Gonkong – 30 dona
Boshqa davlatlar– 19 dona