15/09/2022

Joriy yilning 14- sentabr kuni Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boʻlim boshligʻi Sh. Usmonqulov tomonidan Sirdaryo tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlarining raislari ishtirokida seminar tashkil qilindi. Seminarda, Davlat statistika organlariga taqdim etiladigan 2-dx “Dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot” maʼlumotlarini shakllantirishda kelgusida sifati va qamrovini yanada yaxshilash, qishloq xoʻjaligi yer maydonlari, chorva mollari va parrandalar bosh soni, yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xajmlari hisobini toʻgʻri tayyorlash va hisobotni elektron koʻrinishda taqdim etish tartib-qoidalari tushuntirildi.