13/09/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonga 48 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 6,1 ming tonna baliq va dengiz mahsulotlari import qilingan. 

Baliq va dengiz mahsulotlari importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 7 oyida Oʻzbekiston eng koʻp ?baliq va dengiz mahsulotlarini import qilgan davlatlar:

Rossiya – 2,9 ming tonna

Vyetnam – 905 tonna

Latviya – 822 tonna

Qozogʻiston – 435 tonna

Norvegiya – 327 tonna

Litva – 322 tonna

Xitoy – 41,4 tonna

Turkiya – 35 tonna