Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boʻlim boshligʻi Sh.Usmonqulov tomonidan Boyovut tumani va Shirin shahri mahalla fuqarolar yigʻinlarining raislari ishtirokida Davlat statistika organlariga taqdim etiladigan 2-dx “Dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot” maʼlumotlarini shakllantirish boʻyicha oʻquv-seminar tashkil etildi.
Oʻquv-seminarda 2022- yil uchun tasdiqlangan 2-dx hisobotidagi koʻrsatkichlar koʻlami hamda ularni toʻldirish boʻyicha tushunchalar, shuningdek hisobotni elektron koʻrinishda taqdim etish tartib-qoidalari hisobot maʻlumotlarini haqqoniy aks ettirish va ularni shaffofligini taʻminlash kerakligi toʻgʻrisida maʻlumotlar berib oʻtildi.