Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yil 1 sentyabr holatiga respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 706 tani tashkil etgan.
Faoliyat kúrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 617 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Rossiya – 2 762 ta
Turkiya – 2 071 ta
Xitoy – 2 044 ta
Qozogʻiston – 1 195 ta
Koreya – 910 ta
AQSH – 320 ta
Qirgʻiz R. – 291 ta
Tojikiston – 283 ta
Ozarbayjon – 247 ta
Germaniya – 213 ta
Turkmaniston – 171 ta
boshqalar – 4 199 ta