07/09/2022

Joriy yilning 7- sentabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boʻlim boshligʻi Sh.Usmonqulov tomonidan Guliston shahar mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari ishtirokida, Davlat statistika organlariga taqdim etiladigan 2-dx shakli “Dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot” maʼlumotlarini shakllantirishda kelgusida sifati va qamrovini yanada yaxshilash yuzasidan oʻquv-seminari tashkil etildi.

Oʻquv-seminarda 2022- yil uchun tasdiqlangan 2-dx shakli hisobotidagi koʻrsatkichlar koʻlami hamda ularni toʻldirish boʻyicha tushunchalar, shuningdek hisobotni elektron koʻrinishda taqdim etish tartib-qoidalari hisobot maʻlumotlarini haqqoniy aks ettirish va ularni shaffofligini taʻminlash kerakligi to'g'risida ma'lumotlar berib o'tildi.