06/09/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 21 ta davlatga qiymati 43,7 mln. AQSH dollariga 57,2 ming tonna mosh eksport qilgan.

Mosh eksporti hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 19,5 ming tonnaga koʻp.

Oʻzbekiston eng koʻp mosh eksport qilgan davlatlar:

Xitoy – 47,1 ming tonna
Qozogʻiston – 5,5 ming tonna
Eron – 1,1 ming tonna