05/09/2022

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 1,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 257,2 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan.

Kofe mahsulotlari importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 61 tonnaga oshgan.

2022-yilning 7 oyida Oʻzbekistonga import qilingan kofening eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:

Italiya – 63,6 tonna

Braziliya – 45 tonna

Rossiya – 31,8 tonna

Germaniya – 28,4 tonna

Vyetnam – 22,4 tonna

Polsha – 19,1 tonna

Turkiya – 12,7 tonna

Belorus – 12,7 tonna

Kolumbiya – 2,8 tonna

Portugaliya – 2,7 tonna