07/03/2025

Joriy yilning 7- mart kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, boshqarma Bosh yuriskonsulti K. Gaynazarova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2025- yil 28- fevraldagi “Donorlik harakatini qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1041-son Qonuni haqida tushuntirishlar berildi. Jumladan, mazkur qonun bilan donorlarga bir yoʻla pul mukofoti miqdori oshirilgani, shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanish va oʻzlari uchun qulay boʻlgan vaqtda har yilgi mehnat taʼtiliga chiqish huquqlari berilgani taʼkidlandi.