06/03/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2024/2025-oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 455 ta nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida jami 112 093 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

Ushbu koʻrsatkich 2018/2019-oʻquv yili boshiga nisbatan 8,1 barobarga yoki 98 324 nafarga koʻpaygan.

Yillar kesimida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar soni:

2018/2019-oʻquv yili boshiga – 13 769nafar   

2019/2020-oʻquv yili boshiga – 21 042 nafar

2020/2021-oʻquv yili boshiga – 26 970nafar     

2021/2022-oʻquv yili boshiga – 30 553 nafar    

2022/2023-oʻquv yili boshiga – 45 927 nafar

2023/2024-oʻquv yili boshiga – 64 010 nafar

2024/2025-oʻquv yili boshiga – 112 093 nafar