Tuxum yetishtirishning boshqa hududlarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichlari Mirzaobod tumani hissasiga to‘g‘ri keldi va uning ulushi 23,2 % bo‘ldi. Shuningdek, yuqori ulush Sardoba tumani (20,1 %) va Guliston (10,3 %) shahrida qayd etildi. Tuxum yetishtirishning umumiy hajmidagi ulushi past bo‘lgan hudud sifatida Shirin (0,3 %), Yangiyer (0,4 %) shaharlari va Oqoltin (3,7 %) tumanida qayd etildi. 2023- yilga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Sardoba (129,8 %) va Mirzaobod (127,0 %) tumanlarida kuzatildi.