Viloyatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlariga erishishda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 2024- yilning yanvar-dekabr oylarida mazkur dastur doirasida kiritilgan 48 ta loyiha bo‘yicha 2254,3 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 45,9 mln AQSH dollari miqdorida eksport qilindi. Shu bilan birga 1283 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.