Joriy yilning 14- fevral kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, boshqarma Bosh yuriskonsulti K. Gaynazarova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Sud hokimiyati” deb nomlangan XXIII bobi 130-140- moddalari boʻyicha tushuntirishlar berildi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasidagi sud tizimi, sudyalarning saylanish tartibi, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudning vakolatlari va boshqalar toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtildi. Oʻquv mashgʻuloti savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.
14/02/2025