04/02/2025

YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 101,7 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 32,6 %), sanoatda – 106,9 % (27,3 %), qurilishda – 100,3 % (7,6 %), xizmatlar sohasida – 106,9 % ni (32,5 %) tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 110,8 % (10,5 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 116,9 % (3,4 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 103,0 % (18,6 %) dan iborat bo‘ldi.