03/02/2025

Sirdaryo viloyatida 2025- yil 1- yanvar holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 217,5 kishi to‘g‘ri keldi. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 3,9 kishiga ortdi (2024- yil 1- yanvar holatiga 1 kv. km. ga 213,6 kishi to‘g‘ri kelgan).

Hududlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichligining eng yuqori ko‘rsatkichi Guliston shahrida 2 819,7 kishi, Yangiyer shahrida 1 643,2 kishi, Shirin shahrida 1 448,8 kishi, Boyovut tumanida 270,6 kishi, Sirdaryo tumanida 253,8 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Mirzaobod tumanida 129,5 kishi, Oqoltin tumanida 102,7 kishi tashkil etdi.