20/01/2025

     Joriy yilning 20- yanvar kuni Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi.

     Talabalar o‘rtasida bo‘lajak tadbirning targ‘ibotiga yo‘naltirilgan ushbu davra suhbatida Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari, texnikum o‘qituvchi va talabalari ishtirok etishdi

     Davra suhbati davomida ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tildi.

     Tadbir yakunida talabalarning mavzuga oid savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.