Joriy yilning 27-dekabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida boshqarma boshligʻi U. Elmuratov raisligida “Huquqiy bilimlar kuni” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-200-son Farmoni mazmun va mohiyati” mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʻlumotlarining milliy bazasi - “Lex.uz”dan olingan va dekabr oyida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda, maʼruzachi K.Gaynazarova tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-1009, 5-dekabrdagi OʻRQ-1010, 24-dekabrdagi OʻRQ-1012-son Qonunlari va boshqa qonun hujjatlari mazmuni boʻyicha qisqa maʼlumotlar berildi. Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlar oʻzlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi.