Tadbirda dastlab, boshqarma boshlig‘i U.Elmuratov barcha xodimlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi. Kelgusi yil davomida statistika tizimida amalga oshiriladigan ishlar, bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar haqida toʻxtalib oʻtdi. Boshqarma boshlig‘I va Kasaba uyushmasi tomonidan tizim xodimlari va tizimda ko‘p yil mehnat qilib hozirgi kunda pensiyada bo‘lgan faxriylar holidan xabar olindi va yangi yil sovg‘alari berildi.
Viloyat statistika boshqarmasi ahil jamoasi barcha vatandoshlarimizni kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan chin dildan tabriklaymiz!
Yangi yilda yangi baxt, yangi omadlar, yangi zafarlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin!