Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar - noyabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 1 728 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 659 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 338 ta
sanoat sohasida – 249 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 150 ta
axborot va aloqa sohasida – 67 ta
qurilish sohasida – 66 ta
tashish va saqlash sohasida – 44 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 20 ta
boshqa sohalarda – 135 tani tashkil etgan.