2024- yilning yanvar-noyabr oylarida Sirdaryo viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 67,7 % to‘g‘ri kelib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 7,7 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2023- yilning mos davriga nisbatan 114,1 % ni tashkil etgan holda 2 876,5 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.