13/12/2024

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Sirdaryo viloyatida avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi (motorli transport vositalarini taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatishdan tashqari) 466,5 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62,7 % ga oshdi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari savdo hajmi 454,9 mlrd so‘mni, xususiy tadbirkorlik subyektlari savdo hajmi – 11,6 mlrd so‘mni tashkil qildi.