02/12/2024

      Xovos tumani statistika boʻlimida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazilmoqda. Masʼul xodimlar tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga statistika maʼlumotlarini yigʻish usullari, taqdim etish tartibi va muddatlari, shuningdek, statistika boʻlimida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bermoqda.

Xovos tumani

      Sardoba tumani statistika boʻlimi boshligʻi M.Abdurazzoqov joriy yilning 2-dekabr kuni tumandagi Buxgalteriya markazi hisobchilariga korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida seminar oʻtmoqda. Seminar davomida yigʻilish qatnashchilariga “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni boʻyicha ham tegishli tushuntirishlar berildi. Yigʻilish yakunida seminar ishtirokchilariga korrupsiyaga va rasmiy statistikaga oid bukletlar tarqatildi.

Sardoba tumani