2024- yilning yanvar-oktabr oylarida MDH mamlakatlariga 84,9 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportning 38,8 % ni tashkil etdi.
Tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlarimiz Rossiya, XXR, Qozog‘iston, Turkiya, Qirg‘iz Respublikasi, Afg‘oniston va Tojikiston kabi davlatlar bo‘ldi. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 91,6 % ni tashkil etdi.