29/11/2024

       Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi boshligʻi S. Axmedov ishga kirish istagini bildirgan nomzodga ochiq mustaqil tanlov toʻgʻrisida tushuntirishlar berdi.

      Yangiyer shahar statistika boʻlimida tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv davomida statistika boʻlimida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilib, korrupsiyaga oid bukletlar tarqatildi.

       Shirin shahar statistika boʻlimiga tashrif buyuruvchilarga statistika hisobotlarini toʻgʻri va oʻz muddatida topshirishda tegishli tushuntirishlar berilib, Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuniga bagʻishlangan bukletlar tarqatildi.

       Ma’lumot uchun: Joriy yil 22-30- noyabr kunlari Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman (shahar) statistika boʻlimlarida “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” oʻtkazilmoqda.