26/11/2024

Joriy yilning 26- noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasida masofaviy tarzda, videoaloqa orqali tuman (shahar) statistika boʻlim xodimlari ishtirokida “Manfaatlar toʻqnashuvi-nima u?” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Unda 6- dekabrdan kuchga kiradigan “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida soʻz yuritildi. Manfaatlar toʻqnashuvi - jamiyatga katta zarar keltiradigan illatlardan biri ekanligi, u bor joyda korrupsiya rivojlanishi va sohalar zavolga uchrashi qayd etildi. Ushbu hujjatning mazmun va ahamiyatini xodimlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazish maqsadida, monitorga koʻrgazmali infografika va slaydlar uzatilib, batafsil tushuntirishlar berildi. Shundan soʻng, xodimlarga Statistika agentligining 2024- yil 18- noyabrdagi 190-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan mavjud va ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi xabarnoma va deklaratsiyaning namunaviy shakllari namoyish etildi. Davra suhbati davomida tadbir qatnashchilari fikr va mulohazalarini bildirishdi hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.