25/11/2024

Joriy yilning 22- noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” hamda “Konstitutsiyaviy huquq oyligi” doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari” mavzusida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, Konstitutsiyamizning asosiy prinsiplari, yaʼni davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi hamda tashqi siyosat haqida soʻz yuritildi. Tegishli tushuntirishlar monitorga uzatilgan koʻrgazmali slaydlar orqali berildi. Shuningdek, oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlarning barcha savollariga javob berildi.