Joriy yilning 24- sentabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida boshqarma boshligʻi U. Elmuratov raisligida boshqarma va tuman (shahar) statistika boʻlimlari xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5177-son qarori mazmuni va mohiyati haqida veb-seminar oʻtkazildi. Tadbirda, mazkur hujjat bilan 2022- yil 1- yanvarga qadar barcha davlat organlari va tashkilotlarida ishga qabul qilish ochiq tanlov asosida joriy etilishi, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi, davlat xaridlari sohasida tender natijalarini majburiy tarzda ochiq eʼlon qilish amaliyoti kiritilishi va boshqalar nazarda tutilganligi toʻgʻrisida gapirib oʻtildi. Tadbir soʻngida tizim xodimlariga Adliya vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tayyorlangan targʻibot materiallari toʻplami (annotatsiya, slayd va infografika) namoyish etildi.