12/09/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-iyul oylarida 123 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga ketgan. 

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 20,2 ming nafarga yoki 19,7 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Turkiyaga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:

dam olish – 95 140 nafar;

qarindoshlarni yoʻqlash – 23 888 nafar;

davolanish – 1 696 nafar;

oʻqish – 1 240 nafar;

xizmat yuzasidan – 1 009 nafar.