Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024- yilning 1- yanvar holatiga, internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni 30,1 milliontani tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,5 % ga oshgan.
Hududlar orasida internet tarmogʻiga ulanganlar soni:
eng koʻp abonentlar soni Toshkent shahrida – 6,3 mln;
eng kam abonentlar soni Sirdaryo viloyatida – 0,7 mln.