Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-iyul oylarida qiymati qariyb 1,8 mlrd AQSH dollarlik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich umumiy eksportning 12 % ini tashkil etgan.
Eksport qilingan toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor toʻqimachilik mahsulotlari (38,5 %), kalava-ip (45,8 %) asosiy ulushni egallagan.
2024- yilning yanvar-iyul oylarida dunyoning 55 ta davlatiga toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
Toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida:
kalava-ip – 813,4 mln;
tayyor toʻqimachilik mahsulotlari – 684,9 mln;
trikotaj mato – 169,3 mln;
gazlamalar – 86,3 mln;
paypoq mahsulotlari – 23,8 mln.